Bartomeu ketdi. Endi “Barselona”da vaqtinchalik boshqaruv va saylovlarga tayyorgarlik
Xayrlashuv marosimida jamoa Superligada qatnashishga rozilik bildirganini aytib o’tdi.
Bu yuz berdi: Jozep Bartomeu baribir ketdi. U o’zining jamoasi bilan birga iste’fo berdi. Rasmiy e’lon bunday paytda berilishini hech kim kutmagan edi. Dushanba kuni Bartomeu hech qayerga ketishga tayyorlanmayotganini aytgan edi.
Ketishga nima majbur qildi?
Birinchi o’rinda muxlislarning kuchli bosimi. Eslatib o’tamiz, ular ikkita bosqichda prezidentni ise’fo berishga majbur qilishi mumkin: birinchisi – 15% sosios imzosi, ikkinchisi – gigant ovoz berish (150 000 odam) shuncha odam ishonchsizlik votumini imzolashi kerak.
Birinchi bosqichni muxlislar amalga oshirishdi – imzolarni zahirasi bilan to’plashdi. “Barselona” referendum o’tkazishga yaqin turganda qanaqadir muammolar paydo bo’ldi. Bartomeu o’z postida qolishini, hech qanaqa norasmiy imzolarga ishonmasligini, hammasi qonuniy bo’lish zarurligini aydi.
Natijada, Kataloniya hukumati shu hafta oxirida (1-2 noyabr)”Kamp Nou”da katta masshtabda ovoz yig’ish o’tkazishga ruxsat berdi. Bartomeu bunga rozi bo’lmadi: sosioslarning o’rtacha yoshi 58, 60 yoshdan oshgan 40 mingta odamning koronavirus pandemiyasi vaqtida stadionga to’planishi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jozep 15-16 noyabr kunlari 21 ta uchastkada ovoz berishni o’tkazishni (13 tasi Kataloniyada, 8 tasi Ispaniyaning boshqa hududlarida) taklif qildi, ammo Kataloniya Jenraliteti buni rad edi.
“Biz odamlarimizning sog’lig’ini yoki ovoz berish huquqi orasidan birini tanlashga majbur bo’ldik. Shuning uchun biz ovoz berish jarayonini o’tkazmasdan, tinchgina ketishga qaror qildik” – dedi Bartomeu.
Messi bilan “urush”, o’yindagi inqiroz (La Ligada 12-o’rin), Pikening tanqidir intervyusi – barchasi Bartomeuning ketishini tezlatib yubordi. U ketar chog’i bir yangilikni ulashib ketdi: “Sizlarga ajoyib bir yangilikni aytmoqchiman. Kecha Superligada qatnashish taklifiga rozi bo’ldik. Bu jamoaga moliyaviy tomondan ancha yordam beradi.”
Endi nima bo’ladi?
“Barselona” yo’riqnomasida hammasi aniq qilib yozilgan.
1.Direktorlar kenashining ketishi 35.4 moddani aktivlashtiradi – Boshqaruv komissiyasi boshqaruvni o’z qo’liga oladi.
2. Komissiya rahbari etib Iqtisodiy komissiya boshlig’i saylanadi. Tanishib oling: “Barselona”ning vaqtinchalik yangi rahbari – Karles Tuskets.
3. Boshqaruv komissiyasida 7 ta inson ishlaydi.
4. Yaqin vaqt oralig’ida boshqaruv komissiyasi direktorlar kengashi vazifasini o’taydi. Ularning bosh vazifasi – yaqin 3 oy ichida prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko’rish.
Saylovda kim favorit?
Nomzodlar ichida – Jordi Farre, sobiq prezident Joan Laporta, Bartomeuni doimiy tanqidchisi Viktor Font, yana Toni Freysha va Ksavye Vilaxoanalar bor.
“Barselona”ning vaqtinchalik rahbariyati haqida nimalar ma’lum?
Tuskets Xosep Luis Nunyes (1978-2000) prezidentligi davrida jamoaga kelgan edi. U eng yosh menejerlardan biri edi (27 yosh) va savdoga javobgar edi.
Tuskets iqtisodiy sektorda 40 yillik ish tajribasiga ega. Hozirda u o’zining shaxsiy Trea Capital kompaniyasiga ega, moliyaviy rejalashtirish bo’yicha Yevropa asotsiasiyasi vitse-prezidenti hisoblanadi.
Superliga haqida
Birinchidan, hech kim hech narsa bilmaydi. 2022-yilda o’tkazilishi ko’zga tutilayotgan musobaqa haqida Sky Sports o’tgan hafta yozgan edi. Unda yozilishica, “MYU”, “Liverpul” va “Real” allaqachon musobaqada qatnashishga rozilik bildirgan. Muammo shundaki, UEFA 2024-yilgacha hozirgi Chempionlar Ligasi mediahuquqini sotuvga qo’ygan.
Ikkinchidan, FIFA va UEFA Superliga haqidagi bacha savollardan qochishayotgan edi. Bartomeu esa ularga zarba berdi, ular endi hech narsa bo’lmayotgandek harakat qila olishmaydi.
Fikrlar:


2020-10-28 19:57:50
Hech qanaqa super liga puper liga keremas, millatlar ligasi qo'shilgani yetib ortadi
Эски формат колсинми




Айни пайтда барса инкироздан чикиш ва молиявий холатларни яхшилаш устида ишлаши керак, месси, дембеле ва гризманни сотиш оркали катта микдорда ойлик маош тежаб колинади ва трансферлардан яхшигина пул тушади

