Ispaniyaga sodiqlar. La Ligada ko’p o’yin o’tkazayotgan futbolchilar beshligi
Ispaniya La Ligasi dunyodagi eng kuchli futbol musobaqalaridan biri. Bugun u yerda dunyoning eng mashhur yulduzlari to’p surishadi.
Bugun sizlar bilan hozirda ham La Ligaga sodiq va u yerda ko’p o’yin o’tkazayotgan futbolchilar haqida suhbatlashamiz.
5. Xesus Navas – 388 o’yin (umumiy reytingda 55-o’rin)
Fuqaroligi: Ispaniya
Yoshi: 34
La Ligadagi o’yinlari: “Sevilya”
O’ng qanot fulbek va ba’zan yarim himoya zonasida ham to’p suradigan Xesus Navas hozirgi kunda “Sevilya”ning asosiy futbolchilaridan biri. Aynan shu jamoa akademiyasida futbolchi bo’lib yetishgan. 2003-yilda jamoa murabbiyi Xuakin Kaparros Xesus Navasni ilk bor maydonga tushirgandi. O’shanda Xesus oxirgi 12 daqiqa maydonda harakat qilgan edi.
2013-yilda Xesus 20 mln yevro evaziga “Man Siti”ga o’tib ketdi. Oradan 4 yil o’tib, yana “Sevilya”ga qaytib keldi.
Hozirda Navas hisobida La Ligada 388 o’yin mavjud va u 26 ta gol va 77 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bu esa futbolchining hozirgi kunda ham La Ligada to’p surayotgan sodiq futbolchilar ro’yxatining beshinchi o’rnini egallashiga yordam beradi.
4. Lionel Messi – 492 o’yin (umumiy reytingda 13-o’rin)
Fuqaroligi: Argentina/Ispaniya
Yoshi: 33
La Ligadagi o’yinlari: “Barselona”
Argentinalik futbolchi “Barsa” akademiyasiga juda erta kelib qo’shilgan. 2004-yilda La Ligada debyut qilgan. Frank Raykard yosh futbolchini “Espanyol”ga qarshi o’yinda 82-daqiqada maydonga tushirgan.
Shundan beri Messi nafaqat “Barselona”ning, balki dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Hozirda Leo hisobida La Ligada 492 o’yin mavjud, 447 ta gol va 198 ta assistentlikni o’z hisobiga yozdirib qo’ygan.
Hozircha Messi La Ligada o’yin o’tkazganlar ichida 13-o’rinni egallab turibdi. Kuchli o’nlikka kirish uchun futbolchiga 10 ta o’yin yetmayapti.
Raul Garsiya – 493 o’yin (umumiy reytingda 12-o’rin)
Fuqaroligi: Ispaniya
Yoshi: 34
La Ligadagi o’yinlari: “Osasuna”, “Atletiko”, “Atletik”
Raul Garsiya Pamplona tavallud topgan, “Osasuna”da faoliyatini boshlagan. La Ligadagi debyuti 2004 yilga to’g’ri keladi. Xavier Agirre futbolchini “Barselona”ga qarshi o’yinda, 52-daqiqada maydonga tushiradi.
Garsiya “Osasuna”da 2007-yilgacha to’p surdi va “Atletiko” futbolchini 13 mln yevro evaziga xarid qildi. Dastlabki 2 mavsumda futbolchi jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushdi, keyin esa sekin-sekin zahira futbolchisiga aylana boshladi. 2011-yilda “Matraschilar” Raulni “Osasuna”ga ijaraga berib yubordi. Keyin esa futbolchi “Atletik” safiga o’tib ketdi.
2015-yildan buyon Garsiya Bilbaoda to’p suradi.La Ligada 493 ta o’yin o’tkazgan futbolchi 97 ta gol urgan va 43 marta sheriklarining gol urishiga yordamlashgan.
2. Serxio Ramos – 501 o’yin (ummiy reytingda 10-o’rin)
Fuqaroligi: Ispaniya
Yoshi: 34
La Ligadagi o’yinlari: “Sevilya”, “Real Madrid”
Futboldagi faoliyatini “Sevilya”da boshlagan Ramos 2004-yilda La Ligada o’z debyutini nishonlaydi. O’sha vaqtlardagi murabbiy Xuakin Kaparros “Deportivo”ga qarshi bahsning 64-daqiqasida Serxioga ilk imkoniyatni beradi.
2005-yilda futbolchiga xaridor topiladi. 27 mln yevro evaziga “Real” bo’lajak sardorini xarid qiladi. 19 yoshida “Real”ning asosiy futbolchisiga aylangan futbolchi shundan buyon o’rnini hech kimga bermay kelyapti.
Ramos La Ligada 501 ta o’yinda maydonga tushgan. Umumiy reytingda 10-o’rinda turibdi. Uning hisobida 74 ta gol va 31 ta golli uzatma mavjud.
Ushbu mavsumning o’zidayoq futbolchi 7-o’ringa chiqib olishi imkoni bor. Hozir u yerda 510 o’yin bilan “Real”ning sobiq futbolchisi Iker Kasilyas turibdi. Keyingi o’rinlarga chiqish esa sal qiyin bo’ladi. 6-o’rinda 523 o’yin bilan Manuel Sanches, 5-o’rinda 542 o’yin bilan Fransisko Buyo turibdi. Ramos 34 yoshda va shartnomasi 2021-yilda yakuniga yetadi. U shartnomasini uzaytiradimi-yo’qmi, bunisi dargumon.
1.Xuakin – 560 o’yin (umumiy reytingda 2-o’rin)
Fuqaroligi : Ispaniya
Yoshi: 39
La Ligadagi o’yinlari: “Betis”, “Valensiya”, “Malaga”
Hozirgi kunda La Ligada to’p surayotgan futbolchilar orasida yetakchi bo’lgan Xuakin 2001-yilda o’z debyutini nishonlagan. “Betis” safida faoliyatini boshlagan futbolchining ilk o’yini “Malaga”ga qarshi kechgan.
“Betis”dagi besh mavsumidan so’ng Xuakin 2006-yilda 25 mln yevro evaziga “Valesiya”ga o’tib ketadi. U yerdagi besh mavsumdan so’ng esa “Malaga” safiga o’tadi. Oradan 2 yil o’tib, Italiyaning “Fiorentina”si futbolchini sotib oladi.
2015-yil yozida Xuakin Ispaniyaga, o’zining sobiq jamoasi “Betis”ga qaytib keladi. Rekordchi Andoni Subisarettaga yetib olishi uchun (Andoni La Ligada 622 o’yin o’tkazgan) Xuakinni 62 ta o’yin yetmayapti. Agarda “Fiorentina”dagi 2 yili bo’lmaganda, hozirda futbolchi birinchi o’ringa chiqib olish ehtimoli bo’lardi. Shunda ham Andoni Subisarettaning rekordini yangilash imkoni hali ham mavjud.
Fikrlar:

Sh ni doimiy joyini bilaman ) Menga telegramdan @Maruf_JoN ga yozvoring. Qal'aga sizniyam taklif qilaman


2020-11-11 11:59:49
#1 professor
ShTP haqida maqola yozsam nima deysiz )))
Ш кирмаяптику барибир сайтга (

