Superliga - mukammal o'ylangan musobaqa emas
Oxirgi kunlarda Yevropa futbolida yana bir bor Superligani tashkil etish borasidagi mish-mishlar yangrayapti. Musobaqa FIFA homiyligida o’tkazilib, ilk o’yinlar 2022-yilda bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan edi. Yevropaning bir qancha grand jamoalari allaqachon bu musobaqani ChL qotili deya e’tirof etishdi. Bugun shu liganing plus va minus taraflari haqida suhbatlashamiz.
Avval foydali tomonlari
Superliganing 3 ta ijobiy jihati bor. Birinchidan, musobaqada qatnashadigan 16-18 ta jamoaning har birga mavsum uchun 100 mln yevro va’da qilingan. Jamoalardan moliyaviy boshog’riqlar bo’lmasligiga kafolat bor.
Ikkinchidan, “PSJ”ning kuchsiz ligada o’ynashi haqida ortiq gap-so’z bo’lmaydi, Neymar ham faqat bitta raqibni aldab o’tib, gol uravermaydi. Chempionlar Ligasini yuta olmayaptimi, endi Superligani qo’lga kiritish imkoni mavjud.
Uchinchidan, endi grand jamoalar kichik shaharchalarga borib, u yerdagi turli muammolarga o’ralashib qolishmaydi. Musobaqa uchun alohida maydonlar tayyorlanadi.
Endi muammolar haqida
Ijobiy jihatlari bo’lgani bilan musobaqaning o’ziga xos kamchiliklariyam bo’ladi. Ularni sanab adog’iga yetib bo’lmasa kerak. Biz esa eng asosiylariga to’xtalamiz.
1.Superliga tez zeriktiradi. Grandlar o’rtasidagi bahslar, albatta ajoyib, ammo CHL sensatsiyalarga boy musobaqa hisoblanadi. “Ayaks”, “Atalanta” yoki “Leypsig” kabi jamoalar doimo sovg’a tayyorlashadi. Eng achinarlisi esa, bu uchala jamoa Superligaga borish ehtimoli juda past.
2. Ishtirokchilarni tanlab olish usuli tushunarsiz. Keling, “elita”ga kirishi mumkin bo’lgan jamoalar bilan tanishamiz. Birinchi o’ntalik ro’yxat bo’yicha hammasi tushunarli. Lekin keyingilarchi? Jamoalarni tanlashda UEFAdagi reyting hisobga olinadimi? Agar shunaqa bo’lsa, ushbu jamoalarni UEFAdagi 20 talikda uchratmaysiz: “Inter” (33), “Latsio” (38), “Atalanta” (48) va “Leypsig” (31). Lekin quyidagi jamoalar tanlanish ehtimoli bor: “Shaxtyor” (12), “Portu” (19) yoki “Benfika” (20).
3. Ishtirokchilar ro’yxati o’zgarmaydi. Agar har mavsumda ishtirokchilar ro’yxati o’zgarmaydigan bo’lsa, bu musobaqaning minus taraflaridan biri bo’ladi. Musobaqaga kirishga haqli bo’lgan jamoalar bo’ladi. Ular qatnashmasa, musobaqa nufuziga ta’sir etadi.
4. Grandlar asta-sekin o’rtamiyona jamoaga aylanishadi. Agarda qatnashchilarda motivatsiya bo’lmasa, Superliga o’z sifatini yo’qotishi mumkin. Undan tashqari bu musobaqada yutqazganda chiqib ketadigan jamoalar bo’lmaydi.
“Superliga g’oyasi biz bilgan futbolni o’ldiradi. Ukrainaga o’xshagan mamlakatlar jabr ko’radi,faqat “elita” porlaydi. Biz futbol barcha uchun degan g’oya asosida yashashimiz kerak.” – deydi Andrey Shevchenko.
Xulosa
Elita uchun futbolni o’zgartirish yaxshi g’oya emas. Asosiy diqqat grandlarga qaratilsa, qolgan jamoalarga kim e’tibor qaratadi? Musobaqaning formati ham mukammal o’ylanmagan. Bu musobaqani o’tkazmaslik qarorini qo’llab-quvvatlash kerak.
Ma'rufjon Ochilov tarjimasi
Fikrlar:








Бечора апл клублари хар йили боксинг дей туфайли азият чекишади