Kelajak futbolchisini “ko’mishdan” nima foyda? Pedri La Ligada faqatgina gollar evaziga Puchdan oldinda
Ta’kidlashlaricha, Puch Kumanning “Barsa”sida o’ynay olmaydi, chunki u juda hayajonlanadi, jismoniy jihatdan zaif, va yana bir qancha bahonalar tayyor. Riki Puchning o’tgan yilgi 90 daqiqalik o’yinlari bilan Pedrini solishtiradigan bo’lsak, Pedri faqat gollar evaziga oldinda. “Jismonan zaif” Puch yakkakurashlarda 53,12% lik ustunlik bilan g’olib bo’ladi. Pedrida esa bu ko’rsatkich 38,71% ni tashkil etadi. Transfer narxi arzonligi sababli iqtidorli futbolchini maydonga tushirmaslik qanchalik to’g’ri?
“Barselona” ushbu mavsumda rasmiy 11 ta uchrashuv o’tkazgan bo’lsa, Riki Puch 990 daqiqalik imkoniyatdan bor-yo’g’i 3 daqiqasida maydonga tushdi. Pedri esa 601 daqiqa kataloniyaliklar libosida harakat qildi. Oxirgi muvaffaqiyatsiz ikki o’yinlar (“Alaves” bilan durrang, “Atletiko”ga mag’lubiyat)da “Barselona” hech narsa qila olmadi. Riki Puch o’tgan mavsum o’sha jamoalarga qarshi yorqin o’yin namoyish etgandi. Pedriga ko’proq imkoniyat berilayotgani, Puchning yo’lini to’sish emasmi?
Ikkala futbolchining o’zlari qatnashgan musobaqalarini taqqoslaydigan bo’lsak (Puch hali Chempionlar ligasida maydonga tushmadi) Riki La Ligada 11 o’yinda 507 daqiqa harakatlandi, Pedri esa 8 o’yinda 403 daqiqa.
Pedri qay tomonlam Puchdan ustun? Faqatgina gollar evaziga. Puch to’pni kam yo’qotadi, golli paslar uzatadi, xavfli vaziyatlar sodir etadi. Nega biri 601 daqiqa, ikkinchisi esa 3 daqiqa maydonga tushyapti? Gollandiyalik mutaxassis Grizmanni oldinga qo’yib, uning ortida Dembele-Puch-Messi uchligini o’ynatib ko’rsa ham bo’ladiku? O’zi umuman “Barsa” allaqachon o’zining 4-3-3 sxemasiga qaytishi kerak edi.
Riki Puch “Barsa”ning kelajagi. Unga ham yetarlicha imkoniyat berilishi zarur. Pedri ham yulduzga aylanyapti. Ammo yangi sotib olinganlarga imkoniyat berilib, kanteranolar e’tiborsiz qolishi ham yaramaydi. Bu ikkala yosh kelajakda jamoaga ko’plab sovrinlar yutishiga yordamlashishi mumkin. Hozircha esa faqatgina amaliyot berilsa bas.
Fikrlar:




Messi borligigami bilmadim o'yini uncha chiqmayapdi, u haqida hozircha manimcha hulosa chiqarish hali erta, kuman unga pedriga berilgan vaqtlarni bersa biron nma deyishimiz mumkin



Yarim ximoyada; 4-3-3 da: Pedri, Buskets, Puch tushsa yarim ximoyada kreativlikxam yuzaga kelardi. De Yong asosan markazda o'ynash bilan band, oldinga deyarli o'tmaydi. Puchday istedodga zorlar qancha!
Statistika kim kuchli ekanligini isbotlab beripti.
Atletiko bilan o'yinda bir narsa yaqqol sezildi: Pedrixam qanotda umuman o'ynolmas ekan. To'pni juda ko'p yo'qotdi, yakka kurashlarni ochiqdan ochiq boy berdi. Bolakay xali prensipial o'yinlarga tayyor emasligi bilindi.
Xullas menga qolsa yoshni xisobga olmagan xolda yuqorida aytib o'tgan yarim ximoyaga ko'proq imkoniyat bergan bo'lardim.
Kumanxam muxlislar ko'nglidagiday ishlay olmayapti, yaqinda ko'pchilik yana Xavi variantini ilgari sursa kerak (agar natijalar shu ketish bo'lsa)
Maqola uchun tashakkur, Ma'rufjon!