O’zinikilar ichida begona Messi
Salom. Bugun Lionel Messining hissiy-diskomfortdaligi haqida gaplashamiz. Muammo nimada? Bu bilan kurashsa bo’ladimi? Kim yordam bera oladi? Bugun shu haqida.
Avvaliga rus sharhlovchisi Vasiliy Utkinning gaplarini keltirib o’tamiz: “U futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchisimi? Men hech qachon Ronaldu ikkalasini solishtirmayman. Chunki ular ikki xil ampluada to’p surishadi. Ronaldu – supermen. U atlet, motivator, jamoalar uchun xavfli qurol. Messi esa geniy. U xafa bo’lsa kuchini yo’qotadi."
Messini xafa bo’lishga kim majburladi? Hammamiz Leo Messining xarakterini bilamiz. Uning sobiq jamoadoshlari, jurnalistlar, murabbiy va shunchaki u bilan suhbatda bo’lgan insonlar aytishadiki – Messi oddiy, tartibli va yaxshi inson. Undan tashqari u introvert. U hamma bilan muloqotga kirishib keta olmaydi. Ammo vaqt o’tib u sekin ochila boshladi. U birdaniga odamlar bilan do’st tutinib boshlamadi. Shunchaki boshqalar uning olamiga tashrif buyurishdi. Xavi, Iniesta. Ular ham o’z ishining ustalari, Messi ular bilan maydonda o’zini erkin his qilardi. Albatta, Gvardiola va Maskerano ham bor edi. Pike, Buskets, Puyol, Valdes, Pinto, Pedro, Alvesh va boshqalar. Ularning har biri Messiga o’z ta’sirini o’tkazgan. Gvardiola davrida Messi maydonda ham, mashg’ulotlarda ham do’stlarining yaqindaligni his qilib turardi. Pep Leo atrofida komfort jamoani shakllantirdi. Bu esa Leoga yanada kuchliroq o’yin ko’rsatishga yordam berdi.
Yangi futbolchilar kela boshladi. Messi qay biri bilan shunchaki jamoadoshdek salomlashardi, qaysi biri bilan esa do’stlashib ketardi. Pep ketsa ham, Messi o’sha holida qoldi. Asta-sekin uning atrofidagi do’stlari jamoani tark eta boshladi. Yangi kelganlar esa ularning o’rnini bosolmadi. Luis Suares va Neymar jamoada paydo bo’ldi. Ikkalasini ham xarakteri Messinikiga mos kelmaydi. Ammo Leo ular bilan qalin do’st bo’ldi. MSN triosi nimalar qilganini hamma eslaydi.
Keyin esa yaqin do’stlari safi yanada tez kamaya boshladi. Xavi, Alvesh, Neymar, Iniesta – ketdi. Messining yonida juda kam inson qoldi. Bu esa o’yinga ta’sir ko’rsatdi. Leoni maydonda tushunadigan futbolchilar topilmadi. Faqatgina Alba, Buskets, Pike, Suareslar qoldi. Qolgan hamma unga “begona” edi. Begonalar yana ko’p kela boshladi. Kelganlarning hech biri unga do’st bo’la olmadi. Undan tashqari rahbariyat bilan bog’liq muammolar, sport loyihasining yo’qligi, ChLdan chiqib ketish, nizolar, murabbiylar almashinuvi, tanqidlar va boshqalar. Va bu Messining atrofida bir,ikki, uch yil aylandi. Endi Suaresning ketishi… Ha, Pike bor, Buskets, Alba bor. Ammo ular ham Suareschalik yaqin emasdi. Endi biz Messining jamoadoshlari uchun yopilishini ko’ryapmiz. Bu jamoaga yomon ta’sir ko’rsatadi. Messi yolg’iz qoldi, shuning uchun u xafa. U futboldan rohatlana olmayapti. Messiga hissiy bosim bo’lyapti va u charchadi. Oxirgi omadsiz mavsumlar esa unga yanada salbiy ta’sir o’tkazyapti.
Mana shu holat uchun u jamoani tark etmoqchi edi. O’zining sobiq murabbiyi yoniga borib, u yerda do’stlar orttirmoqchi edi. Rahbariyat bu yerda katta aybdor edi. Bartomeuda loyihaning o’zi yo’q edi. Yangi rahbariyat Messiga yangi imkoniyatlarni berishi zarur. Yodingizdami, Leo “Barselona”da baxtli edi, Argentinada esa yo’q. Chunki terma jamoada uning do’stlari yo’q edi. Endi esa xuddi shu kartinani klubda ham ko’ryapmiz. Aksincha, terma jamoada u ko’proq tabassum qilyapti. O’zini qulay his etyapti. “Barselona”da esa o’zini hammadan olib qochyapti. Hammasi endi yangi keladigan rahbariyata bog’liq. Ular Messiga sharoit yaratib berishi lozim.
Fikrlar:



Shu laligani va superkubokni boy bermaslik kere.
Lekn champions liga bosa zor bolardi.
Maqola zor
