“Barselona” prezidentligi poygasida uchta nomzod qoldi. Mana ularning dasturlari va Messi bo’yicha rejalari
“Barselona” yaqin kelajagini aniqlashtiradigan kun yaqinlashyapti – yangi prezident saylovi. Saylov 24-yanvarda bo’lib o’tishi lozim edi, ammo epidimiologik vaziyat tufayli keyinroqqa qoldirildi. Yangi sana hali aniq bo’lmadi. Lekin qaysi nomzodlar qolgani aniq bo’lib ulgurdi.
Ular juda oz qoldi: nomzodlardan biri, Erling Xolandni olib kelishga va’da bergan Emili Ruso poygadan chiqib ketdi. Rusogacha poygadam Agusti Benedito, Xavi Vilajoana, Jordi Farre, Luis Fernandes Ala va Pere Rieralar chiqib ketgan edi. Yakunda esa 3 nafar nomzod qoldi: Joan Laporta, Xavyer Font va Toni Freysha.
Bo’lajak prezident qarshisida ikkita asosiy vazifa turibdi: Messini yo’qotmaslik va “Barsa”ni moliyaviy inqirozdan qutqarish (820 mln yevro qarz klub)
Joan Laporta: “Kamp Nou” rekonstruksiyasi, Messi faoiyatini so’nggiga qadar jamoada qolishi
Laporta saylov poygalari favorite hisoblanadi. “Barsa”ning eng gullagan (2003 dan 2010 gacha) davrlarida u prezident bo’lgan edi.
Laportaning jamoani moliyaviy inqirozdan saqlab qolish rejasi uch punktdan iborat:
Sobiq prezident e’tibor qilishni istamagan homiylar bilan suhbat uyushtirish. Buning hisobiga u yillik daromadlarni 250 mln yevroga chiqarmoqchi.
Obligatsiya ko’rinishida qarz olish. Davlatdan va muxlislardan.
“Kamp Nou” rekonstruksiyasini operativ olib borish. Espai Barca qurilish kompaniyasi allaqachon ishlarni boshlashga tayyor.
Messi haqida:
“Leo men unga va’da qilgan narsalarni barchasini bajarishimni biladi. Messi faoliyatini “Barselona”da yakunlashi lozim deya hisoblayman” – deydi Laporta.
Laporta Messini qolishga ko’ndirishiga ishonyapti. Gap faqat pullarda emas, jamoa ambitsiyasi ham muhim. Agarda Leo shartnomani imzolamasa ham Laporta o’z rejasi jamoa uchun foydali bo’lishiga ishonmoqda.
Viktor Font: Xavi murabbiy bo’ladi, Messi jamoada qoladi
Font – kataloniyalik tadbirkor va Bartomeu rejimining asosiy tanqidchilaridan biri. Aynan u impicmentni tashkillashtirgandi va saylovda qatnashish uchun 6 yil davomida jamoa yig’gan.
Saylovoldi dasturida quyidagilar o’rin olgan:
“Kamp Nou”ni yangilash;
Pullarni o’ylab sarlash va yangi daromad manbalarini topish. Karolina Fabregat bu borada Fontga yordam berishi mumkin. Bu kompaniya oziq-ovqat yetkazib berish bilan shug’ullanadi. Bu orqali jamoa yiliga 100-200 mln daromad qilishni ko’zda tutgan.
Messi haqida:
Leo asosiy figura – nafaqat maydonda, balki maydon tashqarisida ham. Messi iqtisodiy muvaffaqiyat garovi sifatida ham ko’rilmoqda.
Font Xavini jamoaga olib kelish orqali Messini ham qolishga ko’ndirishga ishonmoqda.
Xavi hozircha Font g’alaba qozonsa “Barsa”ga qaytaman deb e’lon qilgani yo’q, uni ustiga Ronald Kuman ham osonlikcha taslim bo’lmaydi.
Toni Freysha: maoshlar qisqarishi, Messi uchun qat’iy shartlar
Toni Freysha Sandro Rossel davridan beri jamoada yurist sifatida faoliyat olib bormoqda. Bir vaqtning o’zida Freysha “Barselona” va Xorxe Messi (Leoning otasi) o’rtasida vositachi vazifasini bajargan.
Tonida ishonsa bo’ladigan rejalar mavjud – xarajatlarni kamaytirish, maoshlarni ham qisqartirish.
Toni ham “Kamp Nou”ning to’xtab qolgan rekonstruksiyasini qayta ishga tushirishni istamoqda.
Freysha jamoaga qayerdandir 700 mln yevro kelib qoladigan mo’jizaga ishonmasligini aytib o’tdi. U hammasini o’z o’rniga qo’yish uchun birinchi navbatda pullarni qisqartirishni ko’zda tutyapti.
Messi haqida:
Freysha yozda Messini tanqid qilgan edi va Bartomeuni qo’llab-quvvatlagandi. Toni Messin olib qolish uchun harakat qilmasligini, usiz ham boshqa muammolar tiqilib yotganini aytib o’tdi.
“Agar men prezident bo’lsam, barcha imkoniyatlarni ko’rib chiqamiz. Men Messi bilan shartnoma imzolamaslik haqida birdaniga gapirmoqchi emasman, ammo jamoa budjeti qisqaradi. Moliyaviy sharoit o’zgaradi”.