“Barselona” chempionlik tempini oldi
“Barselona” Ispaniya chempionatida ketma-ket 5 ta o’yinda g’alaba qozondi, oxirgi o’yinda “Real Sosyedad”ga hech qanaqa imkoniyat qoldirmadi – 1:6. O’yindan so’ng OAV nega aynan Kuman jamoasi chempion bo’lishga loyiq ekanligini yozib chiqdi. Bugun biz ham “Barselona”ning imkoniyatlarini chamalab ko’ramiz.
Ispaniya chempionati hammani hayron qoldirishda davom etyapti. Yangi yilgacha “Atletiko” chempionlik uchun asosiy da’vogar edi. Madridliklar eng yaqin ta’qibchisidan 10 ochko oldinlab ketgandi. “Barselona” esa 3-o’rinni olishi katta g’alaba deya hisoblandi. Jamoa 15-o’rinda edi. Klassikodagi mag’lubiyatdan so’ng, Kumanning iste’foga chiqishi kutilayotgandi, Messini esa bu natijalar bilan jamoada olib qolish imkonsiz edi. Dastlabki 10 o’yinda urilgan 5 ta goldan so’ng, Leoning o’ynagisi kelmayapti degan taxminlar ko’payib ketdi. Lekin o’sha vaqtdagi Messi Grizmann va Dembeledan 900 karra yaxshiroq edi. Endi esa barchasi o’zgaryapti.
2021-yilda “Barsa” faqat “Kadis”ga qarshi o’yinda ochko yo’qotdi, La Ligada 12 ta g’alaba, lekin boshqa musobaqalarda turlicha natijalar ko’rsatdi, 3:5 “Granada”ga qarshi va “Atletik”, “Sevilya”larga qarshi mag’lubiyatlar. PSJga qarshi mag’lubiyatdan so’ng esa Kuman 3 ta himoyachi o’ynaydigan pozitsiyaga o’tdi. Vaziyat o’zgardi: “Barselona” chempionatdagi 5 ta o’yinda g’olib bo’ldi, “Sevilya”ni mag’lub etdi va Parijda PSJ bilan durrang o’ynadi – 7 o’yinda 21 ta gol urildi, 3 ta o’tkazib yuborildi va “Atletiko” bilan oradagi farq 4 ochkogacha qisqartirildi. Endi kataloniyaliklar chempionlik uchun kurashda favorit sifatida ko’rilyapti. FiveThirtyEight tahlil portal “Barselona” chempionligini 60 foiz deya baholayapti. Bu kataloniyaliklarning aniq chempion bo’ladi degani emas. Bu uchta nomzodlar orasida Kuman jamoasi ko’proq ochko to’lay olishini bildiryapti.
“Barselona” La Liganing oxirgi 5 o’yinida 17 ta gol urdi. Har bir o’yinda o’rtacha 2,08 ta gol uryapti. Oxirgi oylarda “Barsa” raqiblaridan bir bosh ustunligini isbotlayapti. Albatta, “Barselona”ning chempionligi haqida gapirishga hali erta.
Kutilayotgan natijalar aldamayti, “Barsa” urayotgan gollar va qo’lga kiritayotgan ochkolar bunga ishora qilyapti. Har bir o’yinda kataloniyaliklarga omad kulib boqayotgan vaziyatlar bo’lyapti: “Anoeta”dagi dahshatli start Isakning goli bilan yakunlanishi mumkin edi, “Ueska” “Kamp Nou”da 3-4 ta golli vaziyatlar yaratdi, Kubok o’yinida esa ikkinchi bo’limdagi yaxshi o’yin va oxirgi soniyalarda Pikening goli yordam berib yubordi. Raqiblarda golli vaziyatlar juda ko’p bo’ldi.
“Barsa”da himoya pozitsiyasida muammolar yuzaga kelgan. Bu muammoni hal qilish uchun De Yongni himoya markazida o’ynatishga majbur bo’lyapti. Uning darajasini esa “Anoeta”da Isak ko’rsatib qo’ydi. U Frenkidan bemalol to’pni olib qo’ydi va jarima maydonigacha kirib bordi.
Hamma aybni Frenkiga to’nkab qo’yish ham bo’lmaydi, himoya chizig’i shundoq ham ishonchsiz o’yin namoyish etyapti. Isakning Mingesani ham aldab o’tganini eslab o’tishimiz mumkin.
Oxirgi 5 o’yinda 2 ta gol o’tkazib yuborildi. Bu esa himoya chizig’iga ham yaxshigina ochko olib beradi. “Barsa” raqiblariga ham o’ynashga beryapti, “Real” va “Atletiko” bunday uslubni qo’llay olmasa kerak.
Fikrlar:
