Frenkie de Yong "Real Sosedad"ga qarshi Ispaniya superkubogi yarim finali o'yinidan oldin matbuot anjumanida qatnashdi.
"Biz yaxshi holatdamiz, men ham o'zimni yaxshi his qilayapman. So'nggi bir nechta uchrashuvlarda biz jamoaviy tomonlama yaxshilandik. Ertaga hammasi yaxshi bo'ladi degan umiddaman.”
“Menda hammasi joyida. Mavsum boshidan buyon biz yaxshilanayapmiz. O'yinimiz chaqqonlasha boshladi va biz o'zimizga yanada ko'proq ishona boshlayapmiz. Ushbu yilning dastlabki o'yinlarda g'alaba qozondik va shu tarzda davom ettirmoqchimiz.”
“Oxirgi o'yinlarda men biroz boshqacha pozitsiyada o'ynadim, murabbiy mendan hujumga ko'proq yordam berishimni so'radi. Men har qanday pozitsiyada o'zimni juda qulay his qilyapman.”
“Biz Superkubokni yutish uchun favoritmizmi, yoki yo'qmi, bilmayman, ammo siz "Barsa"da o'ynayotganingizda, siz doimo favoritlardan biri bo'lasiz. Biz Superkubokni yutmoqchimiz, lekin avval "Real Sosedad"ni mag'lub etishimiz kerak. "Sosedad" - juda yaxshi jamoa. Ular yaxshi taktika va sifatli o'yinchilarga ega va maydonning ort qismida yaxshi o'ynayy olishadi. Bizga oson bo'lmaydi, lekin finalga chiqishimiz kerak.”
“Biz har doim birdam edik. Mavsum boshidan buyon klubda ko'plab o'zgarishlar yuz berdi, boshlanish oson bo'lmadi, chunki biz mavsumoldi tayyorgarliklarini o'tkaza olmadik... La Ligada avvalo biz o'zimizning vaziyatimizga qarashimiz kerak, oldinda hali ko'p o'yinlar bor.”
“Pedri juda iste'dodli va ko'plab fazilatlarga ega. U haqiqiy yulduz!”
“Men Messining kelajagi haqida so'rashingiz kerak bo'lgan inson emasman. Men bu haqda hech narsa deya olmayman, siz buni uning o'zidan so'rashingiz kerak."
Manba: BarcaTimes@twitter