Bundan biroz avval "Barselona" delegatsiyasi ertalabki mashg'ulotlar uchun mehmonxonani tark etishdi. Messi hamda Arauxo avtobusga chiqishgani yo'q. Klub hali bu haqda hechqanday tushuntirish berganicha yo'q. Endi bu juftlik Ispaniya Superkubogi yarim finalidagi bugungi uchrashuvga katta shubha qilmoqda.
Lionel Messi va Ronald Arauxo "Barselona" ning qolgan jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmadi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Endi bu juftlik bugun tunda "Real Sosedad" ga qarshi Ispaniya Superkubogi yarim finalini o'tkazib yuborishi mumkin.
Arauxo "Granada" bilan o'yin oldi qizib olish mashg’ulotida o’ng sonidan jarohat olib o’yinni o’tkazib yuborgan edi.
Xabarlarga ko'ra, Messi o'z navbatida mushaklarda noqulaylik tufayli o'sha bahsda almashtirildi.
Biroq Ronald Kuman seshanba kungi mashg'ulotni asosiy guruh bilan yakunlagach, ikkala futbolchini ham o'ynashga munosib deb topdi.
Klub hali “Real Sosedad” bilan o’yin oldidan duetning mashg'ulotlarda yo’qligi bo’yicha tushuntirish bermadi.
Katta ehtimol bilan murabbiylar shtabi ularning oxirgi paytda mushaklari og'riyotgani tufayli ortiqcha urintirmaslik uchun ularni ertalabki mashg'ulotlardan ozod qilishgan.
Manba: Mundo Deportivo
Fikrlar:






