Usmon Dembele - 8/10
Usmon birinchi bo'limda ancha faol o'ynadi. Tanaffusdan keyin frantsuz o'z tempidan foydalanish uchun biroz orqaroqdan hujumga o’tdi va raqiblarni hato qilishga majbur qildi. Shu jumladan qizil kartani ko’ilishida ham Usmonning harakati bilan yuz berdi.
U ham "Barsa"ning g'alaba golini urdi! Dembouz uchun ajoyib kecha.
Kleman Langle - 7/10
Markaziy himoyachi bu kecha havoda ajoyib ko'rinishga ega bo'lib, 9 ta havodagi duaellarning 6 tasida g'alaba qozondi. Langle, agar kerak bo'lsa, jamoaning hujumlarini qo'llab-quvvatlashdan qo'rqmadi va hattoki darvozaga zarba berdi.
Leo Messi - 6/10
Argentinalik futbolchi odatdagidek o'z paslari bilan o'yinni mukammal darajada uyushtirdi (5 ta asosiy uzatmani amalga oshirdi), ammo u hujumlari xavfli bo'ldi deb aytish qiyin. "Valyadolid" himoyachilari Leoni to'xtatish uchun katta muammolarga duch kelishmadi.
Xordi Alba - 4/10
Uning ko'plab paslari noaniq bo'lib, o’ziga ishonch yetishmadi. Ikkinchi bo'limda penalti belgilanishiga sababchi ham bo’lishi mumkin edi.
Antuan Grizmann - 3/10
O’yinda Grizmannga xos hech narsa ro'y bermadi. Frantsuz to'p bilan ijodkor bo'lmadi va hujumda xavfli harakatlar qilmadi.
Boshqa o'yinchilarga qo’yilgan ballar: De Yong 6.5, Trinkao 6.5, Pedri 6.5, Arauxo 6.5, Mingeza 6.5, Dest 6, Buskets 6, Moriba 6, Ter Stegen 6, Breytueyt 5.5, Puig ball yo’q.
"Valyadolid"ni mag’lubiyatga uchratganidan so'ng "Barsa" "Atletiko"dan atigi 1 ochko ortda qolmoqda.
Kataloniyaliklar endi "Atletiko" dan atigi bir ochko ortda qolgan holda La Liga jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.
Keyingi o'yinda "Barselona" "Santyago Bernabeu"da "Real" ni qabul qiladi, Diego Simeone shogirdlari esa o'z uylarida "Betis" bilan to'qnash kelishadi.
Manba: Tribuna.com
Fikrlar:
