"Barselona" yarim himoyachisi Frenkie de Yong "Valyadolid" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.
“Bu juda muhim uchrashuv bo'ldi, yakunda g'alabani tortib olishga muvaffaq bo'ldik. Xalqaro tanaffusdan keyin o'ynash har doim qiyin. Uch ochkoni qo'lga kiritganimiz juda yaxshi,” – deya de Yongning so'zlarini keltiradi "Barselona" matbuot xizmati.
"Biz o’yinda qiynaldik, ammo g'alaba qozondik va bu eng muhimi."
"Men yarim himoyada o'ynashni afzal ko'raman, ammo murabbiy meni qaysi pozitsiyada o'ynashimni istasa o’sha joyda o'ynayman."
“Bugun o’yin sxemamizni o'zgartirdik va men ko'plab pozitsiyalarda o'ynadim. O’yin oxirlarida biroz asabiylashdim, ammo to'pni qo'lga kiritganimda Arauxoga yetib borishni xohladim. Yaxshiyamki, Dembele gol urdi."
"Klassiko"ni o'tkazib yubormasligim uchun ehtiyot bo’lib o’ynadim.”
Manba: FCBarcelona@twitter