"Barsa" dushanba kuni 90-daqiqada Usmon Dembelening goli evaziga "Real Valyadolid"ni mag'lub etdi. Biroq, o'yin raqiblar tomonidan juda qo’polliklar bilan o’tdi.
Serxio Busketsning oyog'i sinishiga bir bahya qoldi, lekin raqib futbolchisi jazosiz qoldi. Antuan Grizmanning yuziga berilgan tirsak zarbaga ham hakam tomonidan e’tiborsiz qildirildi.
Mana muxlislar Twitterda hakam Xayme Latrening hatti-xarakatlarira qanday munosabat bildirishdi.
@BarcaUniversal: “Qanday qilib bu qizil emas?? Buskets qanday qilib tirik qoldi?? Uning suyagi yo'qmi??"
@BarcaWorldwide: "Aftidan hakam buni UFS turniri deb o'ylaydi"
Keyinchalik, "Valyadolid" futbolchisi Oskar Plano Dembelening oyog’iga orqa tomondan zarba berganidan keyin qizil kartochka bilan jazolandi, ammo bu juda “keskin qaror” deb topildi.
Ehtimol, hakam shunchaki yo’l qo’ygan dahshatli xatolarini tuzatmoqchi bo’lgandir.
Manba: Tribuna.com