Lionel Messi va Luis Suaresning "Kamp Nou"dagi shkaflari yonma-yon edi.
Suares ketganidan so'ng, yana bir urugvaylik "Barsa" yetakchisiga yaqin joyni egallab olishga qaror qildi.
“Luis Suares ketgach, men Messining yonidagi uning shkafni oldim. U bizning sardorimiz va yo'lboshchimiz. Messi bu "Barselona". Uni boshqa formada tasavvur qilish qiyin. U biz bilan qolishiga ishonaman va umid qilaman,” - dedi Ronald Arauxo Que Thi Juguesga.
Arauxo Messi haqida doim gapiradii. Mart oyida u argentinalik sardor qanday mashq qilayotgani haqida gapirgan edi.
Ronald Kuman Arauxoga baho berib, 22 yoshli futbolchiga ushbu mavsumda asosiy tarkibda 24 o'yinda 1746 daqiqa o’ynashiga imkon berdi.
Arauxo "Barsa"ning yulduzlar ro'yxatiga qo'shilib, Leoni klub bilan shartnomasini yangilashga chaqirmoqda. Pike, Puyol va Xavi singari yulduzlar ham uning qolishi haqida fikr bildirgan edi.
Manba: QueThiJugues@twitter