"Futbol tahminlari" loyihasi
"Futbol tahminlari" loyihasi qoidalari
- Tanlovda istagan kishi ishtirok etishi mumkin.
- Variantlarni qabul qilish, ro’yxatda keltirilgan o’yinlar ichida eng barvaqt boshlanadigan uchrashuv boshlanishidan 1 soat oldin to’xtatiladi. Undan keyin esa tahmin qilish imkoniyatidan mahrum bo’lasiz. Futbol uchrashuvlari nihoyasiga etgandan so’ng o’z natijalaringizni bilib olishingiz mumkin.
- Reyting ochkolarini hisoblash tizimi bilan tanishing: Variantlar 3 xil tizimda hisoblanadi:
- to’g’ri topilgan hisob;
- to’g’ri topilgan to’plar farqi;
- to’g’ri topilgan g’olib jamoa.
Mazkur tamoyillarning har biriga 1 balldan beriladi.
Masalan, “Real Madrid” va “Barselona” jamoalar o’rtasidagi uchrashuv 4:2 hisobi bilan tugadi. Agar,
- mazkur uchrashuvning natijasi 4:2 deb taxmin qilingan bo’lsa, u holda o’z-o’zidan o’yin natijasi, to’plar farqi va g’olib jamoa ham to’g’ri topilgan bo’ladi va 3 ochko beriladi.
- uchrashuv natijasi 3:1 deb taxmin qilingan bo’lsa, u holda uchrashuv natijasi noto’g’ri bo’ladi, faqat to’plar farqi va g’olib jamoa to’g’ri topilganligi uchun 2 ochko beriladi.
- uchrashuv natijasi 1:0 deb taxmin qilingan bo’lsa, u holda uchrashuv natijasi va to’plar farqi noto’g’ri topilgan hisoblanadi, faqatgina uchrashuv g’olibi to’g’ri topilganligi uchun 1 ochko beriladi.
- boshqa variantlarda esa muxlisga ochko berilmaydi.
Izoh: Uchrashuvda durang qayd etilib, berilgan taxmin ham durang bo’lsa-yu, faqat natija boshqacharoq ko’rinishda bo’lsa, bu holda ham 2 ochko beriladi.
- Kubok o’yinlarida uchrashuvdan so’ng qo’shimcha vaqt va penaltilar seriyasi belgilansa, unda yakuniy natija sifatida qo’shimcha vaqtdan so’ng qayd etilgan natija inobatga olinadi.
- Tanlov yakunida eng ko’p ochko to’plagan muxlis g’olib deb topiladi. Ochkolar teng bo’lib qolgan holatda eng avval to’g’ri topilgan hisoblar soni, keyin to’g’ri topilgan to’plar nisbati soni inobatga olinadi. Barcha ko’rsatkichlar teng bo’lganida esa teng ochko to’plagan muxlislarning barchasi g’olib deb e’lon qilinadi.
- Tanlovda xohlagan bosqichdan boshlab ishtirok etish mumkin.